Mehrinoz Abbosova

Mehrinoz_ABBOSOVA

Mehrinoz Abbosova,

                2012-yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori

          O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti,

2-bosqich talabasi

 — Bugungi kun zamonaviy talabasini qanday tasavvur qilasiz?

— Zamonaviy talaba bir so‘z bilan ya’ni chapani qilib aytganda yangilikxo‘r bo‘lishi kerak. Hamisha o‘qishi, izlanishi, nimadir yangilikni qidirib, izlab topishi zarur. Eng muhimi, vaqtning qadriga yetishi lozim.

Universitetimiz yanada rivojlanishi uchun yana nimalar qilish kerak? Shu haqda fikr va mulohazalaringiz?

Universitetimiz yangidan qayta ta’mirlanib, qurildi. Eng zamonaviy, butun jahon standartlariga mos keladigan tarzda bizga topshirildi. O‘ylayman-ki, universitetimizni yanada rivojlanishi uchun moddiy texnik baza yaratildi. Faqat endi talabalar tomonidan tashabbus kerak. Shu universitetni bezab turadigan, obro‘sini ko‘taradigan, uni rivojlantiradigan faqat bizmiz, biz talabalarmiz. Agar bizning bilimimiz ko‘payadigan bo‘lsa, agar biz ana shu sharoitga mos bo‘ladigan bo‘lsak, universitetimiz, albatta, yanada rivojlanadi. Xalqaro universitetlardan hech qanday kam joyi yo‘q.

O‘zDJTU xalqaro jurnalistika

fakulteti talabasi

Nodira Arslonova tayyorladi.

Leave a Reply