Madina Yusupova

Madina Yusupova

Madina Yusupova

2015-yilda Zulfiya namidagi davlat mukofoti sovrindori

O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

 — Zamonaviy talaba qanday bo‘lishi kerak?

— Zamonaviy talaba, men o‘ylaymanki bugungi kunda ro‘y berayotgan barcha voqeliklarga va o‘zgarishlarga o‘z nuqtai nazaridan, mustaqil va sog‘lom fikr bildira olishi, zamon talab qilgan barcha talablarga javob bera olishi kerak.

— O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining yanada rivojlanishi uchun yana nimalar qilish kerak?

Albatta har bir gulni, har bir niholni unib o‘sib, gulab-yashnab daraxt bo‘lib meva berishi, avvalo u o‘sayotgan muhitiga va uni parvarishlayotgan bog‘boniga bog‘liq deb o‘ylayman. Har bir talabaning kelajakda yetuk kadr bo‘lib, vatanimizga kerakli mutaxassis bo’lishi uchun bugungi kunda barcha imkoniyatlar yetarli darajada. Shunday ekan bizdan talab qilinadigan va kutiladigan narsa ham faqat bizning kuchli salohiyatimiz va tafakkurimizning amalda qo‘llanishidadir va alohida ta’kidlash joizki, prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urgan insongina buyuk ishlarga qodir”.

 Nodira Arslonova tayyorladi.

 

Leave a Reply