Boysaliyeva Fotima TURSUNALIYEVNA

Boysaliyeva Fotima TURSUNALIYEVNA

O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti

huzuridagi respublika ilmiy-amaliy markazi

akademik litsey va kollejlarda o‘quy uslubiy

chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni tashkil qilish

bo‘limi ilmiy xodimi

  • Bu bo‘limda ikki yildan beri ko‘plab ishlar amalga oshirildi, shu jumladan Jahon tillari universitetining barcha fakultetlaridan bo‘limga biriktirilgan o‘qituvchilar bilan birgalikda respublikamizdagi ko‘pgina litsey va kollejlarda rejaga asosan trening seminarlar o‘tkazib kelinmoqda. Ular o‘zlarining metodik yordamlari bilan litsey va kollejdagi o‘qituvchilarga yordam berishmoqda. Bundan tashqari, hozirgi kunda biz o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi markazi bilan hamkorligida chet tili o’qituvchilarining xalqaro darajada doim mahoratlarini oshirib borish mexanizmini ishlab chiqdik. Shu borada bizning innovatsion markazdan men kordinator sifatida ular bilan butun respublikamizda shu jumladan Surxondaryo, Andijon, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida seminar-treninglarni bosqichma-bosqich o‘tkazilishida faol qatnashib kelmoqdaman. Bularning eng asosiy maqsadi o‘qituvchilarimizni toifalarini, ularning bilim darajalarini oshirish va ularga metodik yordan ko‘rsatish. Shu yilning 5-aprel kuni markazimizda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi xodimlari mutaxassislari va bizning markazdagi bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda manashu mexanizmning qanchalik kelajakda foydasi tegishi yoki tegmasligi, kutilayotgan natijalarga erishib-erishmasligimiz to‘g‘risida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi va ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislarimiz javob berishdi. Shu mexanizmni amalga oshirish maqsadida 1-5-may kunlari “TFT” deb nomlangan o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha 2-bosqichi Toshkent shahri, Oq-tepa kollejida bo‘lib o‘tadi. Bu tadbirga xalqaro ekspert Les Kirkov ham taklif etilgan. Bu seminar treningda asosan viloyatlardan kelgan inglis tili o‘qituvchilari 30 kishidan iborat guruh bo‘lib, qatnashishadi va o‘z malakalarini oshirishadi. Seminar-treninglar yakunida esa, o‘qituvchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi. Bu jarayon har oy bosqichma-bosqich davom etadi va ularni xalqaro ekspert darajasiga yetkazishga biz erishamiz degan umiddamiz.

Omonmurodova Yulduz,

Rustamova Muborak,

Nizomova Shahlo

O‘zDJTU

xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari

Добавить комментарий