Ayjamal Joldasbayeva

Ayjamal Joldasbayeva

2014-yil Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori

Xalqaro jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi

 — Zamonaviy talaba qanday bolishi kerak?

— Zamonaviy talaba deganda, ko‘z oldimizga bir nechta tillarni va o‘z ona tilini mukammal biladigan zamonaviy texnologiyalardan unumli va o‘rinli foydalana oladigan talaba ko‘z oldimizga keladi. Yana zamonaviy talaba texnologiyalar maqsadli foydalanish bilan cheklanmay o‘zi ham yangilik yarata olishi kerak.

— O‘zDJTUning yanada rivojlanishi uchun nimalar qilish kerak? Shu haqda fikr-mulohazalaringiz.

— Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng biz yoshlarga bir qancha sharoit yaratib berildi va yaratib berilmoqda. Buning bir misoli sifatida yangidan qurib topshirilgan universitetimiz muhtasham binosidir. Universitetimiz barcha jahon standartlariga javob beruvchi eng zamonaviy jihozlar va sharoitlarga boy. Endi faqat biz talabalar o‘tkir zexnimiz, mehnatimiz bilan ushbu sharoitlarga mos bo‘la olishimiz kerak. Faqatgina o‘z tilimiznigina emas, bizga ta’lim berilayotgan barcha tillarni bilishimiz zarur.

Nodira Arslonova tayyorladi.

 

Добавить комментарий