Ilhom Madaminovich TO‘HTASINOV

Ilhom Madaminovich TO‘HTASINOV

O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning inovatsion metodlarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi direktori 

  • Bizning markazimiz O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2012-yil, 10-dekabrdagi “Chet tillari tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, 2014-yilning 2-yanvaridan buyon faoliyat olib bormoqda . Markaz 9 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, uning ustuvor vazifasi chet tillari bo‘yicha davlat ta’lim standartlarida o‘quv reja, o‘quv uslubiy qo‘llanma, shuningdek, yangi avlod darsliklarini yaratish va ularni yanada takomillashtirishdan iborat. Markazning asosiy 9 ta bo‘limi o‘tgan 2 yil ichida o‘ziga xos vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, 1-bo‘lim “Xorijiy tajribani o‘rganish”, 2-bo‘lim “Masofaviy ta’limni rivojlantirish”, 3-bo‘lim “Media mahsulotlarini yaratish”, 4-bo‘lim “Davlat ta’lim standartlarini yaratish”, 5-bo‘lim “Yangi avlod darsliklarini yaratish”, 6-bo‘lim “CEFR ya’ni, umumyevropa tizimini joriy etish sifatini monitoring qilish va baholash”, 7-bo‘lim “Pedagogic kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash”, 8- bo‘lim “litsey va kollejlarda o‘quv-uslubiy chora-tadbirlarni amalga oshirish”, 9-bo‘lim “Test va bilimni sertifikatlashtirish”. Markazimiz bugungi kunda AQSH elchixonasi, Britaniya kengashi, Fransiya elchixonasi hamda Germaniyaning GYOTE instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirda markazimiz o‘ndan ortiq hamkorlikdagi qo‘shma loyihalar asosida ish olib bormoqda. Undan tashqari, ikki nafar xorijlik mutahassislar ham faoliyat yuritib kelmoqda.

                Shahlo Nizomova,

                                               Muborak Rustamova,

                                                        Mirjahon Yusupov

O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari

Добавить комментарий