Nazarov VAHOBJON

Nazarov VAHOBJON

O‘zDJTU huzuridagi chet tillarni o‘qitishning

innovatsion metodikalarini rivojlantirish

respublika ilmiy-amaliy markazi ilmiy xodimi

  • Multimedia ta’lim mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘limida ikki kishi faoliyat yuritadi: bo‘lim boshlig‘i va ilmiy xodim. Bo‘lim multimediya ta’lim mahsulotlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi va bundan tashqari, ta’lim jarayonida multimediya ta’lim mahsulotlarini ishlab chiqish va tadbiq etish, ta’lim jarayonida ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bo’limda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda bo‘lim tomonidan respublika umumta’lim maktablarining 2-3-4-sinflar uchun “Kids English 2, 3, 4” hamda 1-sinflarga mo‘ljallangan multimediya elektron resurslari ishlab chiqildi. Bundan tashqari, respublika umumta’lim maktablarining 5-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan ingliz tilidagi “Fly high” dasturlarining audio materiallari ishlab chiqildi, fransuz tili bo‘yicha oliy talim muassasalari fransuz tili yo‘nalishidagi talabalariga mo‘ljallangan fransuz tilini asosiy til sifatida o‘rgatishga mo‘ljallangan bir nechta disklar, ya’ni yangi resurslar yaratidi. Shuningdek, bo‘limda 3 ta loyiha amalgam oshirilmoqda shunda ikkitasi xalqaro loyihadir. Birinchisini aytib o‘tadigan bo‘lsak, bu “Erasmus plus” dasturi doirasidagi loyihadir. Ushbu loyihaning maqsadi — ta’lim sohasida xalqaro tajribani o‘rganish chet tillarini o‘qitish metodikasi va didaktikasi doirasida tajribalar almashishni maqsad qilingan.

Rustamova Muborak,

Nizomova Shahlo

O‘zDJTU

xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari

 

Leave a Reply