Sadoqat Alijonova

Sadoqat_Alijonova

Sadoqat Alijonova

Xalqaro jurnalistika fakulteti

4-bosqich talabasi

 — Hozirgi kunda zamonaviy talaba qanday bolishi kerak?

— Zamonaviy talaba qanday bo‘lishi kerak, degan savolga javobim quyidagicha. Aslida talabalikka erishishning o‘zi bo‘lmaydi. Ana shu darajaga yetgunga qadar ma’lum bir bilimlarni, egallashi kerak. Uning qadriga yetish va oldindagi 4 yildan unumli va samarali foydalanish kerak. Eng avvalo o‘z oldiga katta maqsad qo‘yishi kerak. Masalan, 4 kursni taqsimlagan holda har bir yilni ma’lum bir katta maqsadga sarflash kerak, deb o‘ylayman va shu bilan birgalikda zamonaviy talaba faqatgina nazariyani emas, amaliyotni ham birga olib borishi kerak. Amaliyotda ham nazariyada ham o‘zini ko‘rsata olishi, eng yuqori cho‘qqilarga erisha olishi lozim. Bir ustozimiz aytganidek: “Agar qanchalik maqsadni yuqori qo‘ysangiz, shunchalik unga qarab intilasizlar”. Balki o‘ylagan maqsadimizga to‘liq erisha olmasmiz, ammo past yoki o‘rta darajadan ko‘ra, ko‘proq natijaga erishishimiz mumkin. Shuning uchun ham zamonaviy talaba har tomonlama o‘zining rejasiga, maqsadiga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. O‘qish davomida foydalanadigan qo‘shimcha adabiyotlar masalasiga keladigan bo‘lsak, juda ko‘p o‘qituvchilarning aytishlaricha, darsdan tashqari mustaqil ravshda o‘qib o‘rganish, talabalar uchun foydali. Haqiqatan ham mustaqil o‘rganish hayotda va ishda kerakli bir bosqich va yo‘nalish hisoblanadi. Buni xohish bilan o‘rganmasligingiz mumkin, lekin ish davomida, o‘qish davomida o‘rganish zarur bo‘lgan har qanday bilimni o‘zlashtirish kerak, deb o‘ylayman. Bu bilim kerakli yoki keraksiz deb ajratishni yoqlamayman.

 O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

Nodira Arslonova tayyorladi.

 

                                       

Leave a Reply